Nomic hujumi ortidan allBTC ta'minoti qisqardi ๐
Markazlashtirilmagan Osmosis birjasida muomalada bo'lgan Alloyed BTC (allBTC) tokenining ta'minoti Nomic tarmog'iga qilingan hujum sababli 36 foizga qisqardi. Loyiha jamoasining ma'lum qilishicha, ushbu holat Nomic tarmog'idagi zaiflik natijasida yuzaga kelgan bo'lib, hujumchi nBTC tokenlarini ikki marta sarflash imkoniga ega bo'lgan va Osmosis'ga soxta vaucherlarni yuborgan.
Hujum davomida xaker Nomic'dagi tranzaksiyalarni yo'naltiruvchi maxsus mexanizmdagi xatolikdan foydalangan. Osmosis jamoasi va IBC protokoli o'z holaticha qolgani, ya'ni ularda xavfsizlik muammosi yo'qligi ta'kidlandi. Nomic tarmog'i boshqa blokcheynlarda nBTC orqali biktokindan foydalanish imkonini beradi. Osmosis'da esa allBTC bir nechta tokenlashtirilgan versiyalar bilan birga umumiy havzada ta'minlanadi va ularni 1:1 nisbatda ayirboshlash mumkin bo'ladi.
Tadqiqotchi Rarma taqdim etgan ma'lumotlarga ko'ra, asosiy hujum joriy yilning 25-iyunida sodir bo'lgan. Jinoyatchi 40,65 ga yaqin nBTC yaratib, ularni Osmosis'ga o'tkazgan va keyinchalik WBTC hamda USDC'ga almashtirgan. Axelar va Noble ko'prigi orqali mablag'lar Ethereum tarmog'iga o'tkazilib, u yerda ETH'ga almashtirilgan. Xaker yakuniy manzilga 671,75 ETH tushishiga erishgan va shundan 671,1 ETH'ni Tornado Cash mikseriga yo'naltirgan. Jami bo'lib hujumchi 18 BTC miqdoridagi aktivlarni yechib olgan.
Qolgan 22,65 nBTC iyul oyida allBTC'ga konvertatsiya qilinib, Osmosis'dagi manzilga saqlab qo'yilgan. Tadqiqotchi hisob-kitoblariga ko'ra, muomalada 110,57 allBTC bo'lib, ularning real ta'minoti 70,73 BTC'ni tashkil qilgan va 39,84 BTC miqdorida taqchillik yuzaga kelgan. Nomic tarmog'i va allBTC hovuzidagi operatsiyalar 7-sentabr kuni to'xtatilgan edi.
Osmosis jamoasi ta'minotdagi 39,84 nBTC bilan bog'liq muammoni tasdiqladi. Xavfsizlik guruhlari Nomic orqali amalga oshiriladigan kiritish va chiqarish amallarini hamda allBTC bilan bog'liq harakatlarni vaqtincha to'xtatib qo'ydi. Valiatorlar bilan hamkorlikda o'tkazilgan favqulodda yangilanish natijasida hujumchining manzilidagi aktivlar muzlatib qo'yildi.
Ko'p so'raladigan savollar
Osmosis yoki IBC protokoli xavfsizligida muammo bo'lganmi?
Yo'q, Osmosis va IBC protokoli zarar ko'rmagan, chunki xatolik Nomic tarmog'idagi maxsus yo'naltirish mexanizmida bo'lgan.
Nomi oshkor etilmagan tadqiqotchi hovuzdagi taqchillikni qanday baholagan?
Uning hisob-kitoblariga ko'ra, muomalada 110,57 allBTC bo'lib, real ta'minot 70,73 BTC'ni tashkil etgan va taqchillik 39,84 BTC bo'lgan.
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?



Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!