Epic Games kompaniyasi "State of Unreal" anjumanida Epic Games Store (EGS) do'konini 2024-yil oxirigacha Android va iOS qurilmalarida ishga tushirishini e'lon qildi. Mobil versiyalar uchun daromadlar taqsimoti kompyuterdagidek bo'ladi: dasturchilar 88%, kompaniya esa 12% oladi. Shuningdek, mualliflar o'z foydasini 100% gacha oshirish imkonini beruvchi maxsus eksklyuziv dasturlar haqida ham eslatib o'tildi. Yangi do'kon tafsilotlari keyinroq ma'lum qilinadi. Ushbu reliz tufayli Epic Games kompyuter, Mac, iOS va Android'da ishlaydigan dunyodagi ilk kross-platforma o'yin do'koni egasiga aylanadi. Tadbirda, shuningdek, Marvel 1943 Rise of Hydra o'yinining syujetli treyleri ham namoyish etildi 🎮