Apple kompaniyasining navbatdagi flagmani iPhone 18 Pro 2026-yil 9-sentabrda taqdim etilishi kutilmoqda. Bu safar qurilma standart modeldan alohida namoyish qilinishi va ilk bor buklanadigan smartfon bilan birga kelishi mumkin. Yangi Pro talqini qimmatroq narx, to‘q qizil rang, kichraytirilgan Dynamic Island hamda o‘zgaruvchan diafragmaga ega kamera bilan jihozlanishi taxmin qilinmoqda 📸 Shuningdek, 2 nanometrli jarayonda tayyorlanadigan A20 chipi, yanada kattaroq akkumulyator va yuqori energiya tejamkorligi qurilmaning unumdorligini oshiradi 🔋