Moskvaning Spartak futbol klubi bosh direktori Oleg Malishev Alfa-Bank bilan imzolangan hamkorlik kelishuvining muhim tafsilotlarini o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur shartnoma uch yillik muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, kelgusida uni uzaytirish niyatlari ham bor. Klub rahbariyati ushbu yirik sheriklik orqali o‘yin kuni tadbirlarini rivojlantirish va klub ichidagi ayrim ish jarayonlarini raqamlashtirishni rejalashtirmoqda. Malishevning ta'kidlashicha, mazkur hamkorlik shunchaki biznes emas, balki futbolga befarq bo‘lmagan insonlar jamoasini ham birlashtiradi. Avvalroq tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, qizil-oqlar ushbu bankdan har yili 250 million rubl miqdorida mablag‘ olib turadi. Shuningdek, imzolangan bitim shartlariga muvofiq turli xil bonuslar ham belgilangan. Ma'lumot o‘rnida, Alfa-Bank hammuassisi Pyotr Aven Spartak muxlisi hisoblanadi va u 2014 yilda klub aksiyalarining bir qismini сотиб olish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi. Sport yangiliklariga ko‘ra, Spartak jamoasi 2024/25 yilgi Rossiya Premyer-ligasining birinchi turi doirasida yakshanba, 21 iyul kuni safarda Orenburg jamoasiga qarshi maydonga tushadi.