Mamlakatimiz futbol chempionatida 19 ta o‘yindan so‘ng 45 ochko jamg‘argan «Neftchi» klubi musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda 40 ochkosi bor «Paxtakor» bormoqda. Kuchli uchlikka 37 ochko bilan «Navbahor» yakun yasab turibdi. Shuningdek, 20-tur doirasida OKMK o‘z uyida «Xorazm» ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi ⚽️. Oldinda muxlislarni qiziqarli bahslar kutib turibdi.