Hunter Bayden LAPTOP memkoinini chiqaradi 💻
The Wall Street Journal xabariga koʻra, Hunter Bayden 9-sentabr kuni Coinbase tarmogʻi Baseʼda umumiy hajmi 1 milliard dona boʻlgan LAPTOP memkoinini taqdim etadi. Loyiha jamoasiga umumiy tokenlarning 30 foizi ajratilib, ular yarim yil davomida bloklanadi va ikki yil mobaynida bosqichma-bosqich ochiladi. Yana 20 foiz tokenlar ikkita eyrdrop orqali tarqatiladi. Ushbu taqsimotga Donald Trampning TRUMP memkoinini sotib olib zarar koʻrgan treyderlar ham kiritilgan. Shuningdek, Bitcoin yangi rekord oʻrnatsa yoki LAPTOP kapitalizatsiya boʻyicha TRUMPʼni ortda qolsa, tokenlarning 30 foizigacha qismi yoʻq qilinishi mumkin.
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?




Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!