Alkaras AQSh ochiq chempionatida g‘alaba bilan qaytdi 🎾
Ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras bilagidagi jarohatdan so‘ng kortga qaytib, US Open musobaqasining ilk davrasida rossiyalik Roman Safiullin ustidan 6:4, 6:4, 6:4 hisobida ustun keldi. U so‘nggi bor aprel oyida Barselonada o‘ynagan edi. 2 soatu 22 daqiqa davom etgan bahsdan so‘ng chempion muxlislar va maydon muhitini juda sog‘inganini ta'kidladi. Keyingi bosqichda u portugaliyalik Xayme Fariyaga qarshi bahs olib boradi. Shuningdek, turnirning 10-rakka tennischisi Artur Fils yunonistonlik Stefanos Tsitsipasga imkoniyatni boy berib, musobaqani erta tark etdi. Tsitsipas kuchli raqib ustidan 4:6, 7:6, 6:1, 6:4 hisobida zafar quchdi 🏆
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?
Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!