Samsung Galaxy Buds’da UWB davri boshlanmoqda 🎧
AQSh patent idorasiga kelib tushgan hujjatlarga ko‘ra, Samsung kelgusi quloqchin modellarida Bluetooth o‘rniga UWB texnologiyasidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Dastlabki ulanish Bluetooth orqali amalga oshirilsa-da, asosiy ovoz uzatish ultra keng polosali texnologiya yordamida bajariladi. Bu yangilik sekinlanish, xalaqitlar va past tezlik kabi muammolarni hal qilib, 20 Mbps gacha tezlikni, kam quvvat sarfini hamda yo‘qotishsiz ovoz uzatishni ta'minlaydi. To‘liq imkoniyatlardan foydalanish uchun esa ulangan telefon yoki planshet ham UWB chipiga ega bo‘lishi zarur.
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?




Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!