Aralash yakkakurashlar ustasi Nursulton Ro‘ziboyev Parijdagi UFC turnirida angliyalik Maykl Peyjga imkoniyatni boy berdi. 83,9 kg vazn toifasidagi asosiy kard jangida uchala hakam ham 29:28 hisobida raqibning g‘alabasini qayd etdi. Ro‘ziboyev bir nechta muvaffaqiyatli teykdaun amalga oshirganiga qaramрез, bu natijaga ta'sir qilmadi. Shu tariqa, 32 yoshli hamyurtimizning UFC'dagi uch ta g‘alabadan iborat seriyasi uzildi. 39 yoshli Peyj esa prof-ringdagi 26-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 📉