Avstriya terma jamoasi Yevro-2024 yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bosh murabbiy Ralf Rangnik jamoani yangi bosqichga olib chiqish uchun psixologik usuldan foydalandi. O'tgan yil mart oyida u barcha futbolchilar va xodimlarga maxsus karabin ulashdi. "Seyshaft" shiori ostida har bir kishining o'rni muhimligi ta'kidlandi. O'yinchilar ismlari o'yilgan bu buyumni kalitga taqib yurishadi. Rangnikning o'zi ham karabinni cho'ntagida olib yuribdi va Germaniyadagi turnirda muvaffaqiyatga erishmoqchi. ⚽️