Iyul oyida tayyorlanayotgani ma'lum bo'lgan Samsung Galaxy A07s smartfoni rasman namoyish etildi. Yangi qurilma dastlab Iordaniya bozorida sotuvga chiqarildi. Kompaniya hozircha 4 GB tezkor va 64 GB ichki xotiraga ega yagona versiyani 119 Iordaniya dinoridan (taxminan 167 dollar) sotuvga qo'ydi 💸. Galaxy A07 modeli bilan solishtirganda, asosiy farq yangi protsessorda. Smartfon oddiy MediaTek Helio G99 o'rniga yanada tezroq MediaTek Helio G99+ chipsetini oldi ⚡. Qolgan xususiyatlari avvalgi versiya bilan deyarli bir xilligicha qolgan.