Nvidia o'ziga raqobatchi bo'lishi mumkin bo'lgan MediaTek chipsozlik kompaniyasiga 3,5 milliard dollar investitsiya kiritdi. Ushbu kelishuv yirik kompaniyalar o'z sun'iy intellekt chipini yaratayotgan bir vaqtda ham Nvidia o'z mavqeini saqlab qolishini ta'minlaydi 🤝 Kelishuvga ko'ra, MediaTek Nvidia'ning NVLink Fusion platformasini joriy qiladi. Bu boshqa chiplar Nvidia tizimlari bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'lanishiga imkon beradi 💻 Shuningdek, tomonlar shaxsiy kompyuterlar va avtomobillar uchun sun'iy intellekt chiplarini birgalikda rivojlantiradi 🚗