Elon Maskning Neuralink kompaniyasi miya implantidan foydalanayotgan ikkinchi bemor Alex yordamida yangi yutuqlarga erishdi. Orqa miya jarohati tufayli falaj bo'lgan sobiq mexanik fikr kuchi yordamida Counter-Strike o'yinini o'ynamoqda va CAD dasturida 3D-obektlarni loyihalashtirmoqda. U ulangandan keyin besh daqiqa ichida kursor boshqaruvini o'zlashtirdi. Shu bilan birga, kompaniya ichidagi bosim va etika masalalari tanqidlarga sabab bo'lmoqda. Mutaxassislar kelgusida sun'iy intellekt bilan raqobat qilishni maqsad qilgan. 🧠 Sizningcha, bu texnologiyaning imkoniyatlari ko'pmi yoki xavflari?