📉 Uchta kriptoloyiqa yopilishini e'lon qildi 🛑
Harmony, Router Protocol va Orionx o'z faoliyatini yakunlashini bildirdi. 2019-yilda ishga tushirilgan Harmony blokcheyni xakerlar va sun'iy intellekt tahdidlari sababli to'xtatilmoqda. Jamoa ONE tokenlarini Ethereum tarmog'iga o'tkazishni va foydalanuvchilar mablag'larini 10-sentyabrgacha chiqarib olishni so'radi. Shuningdek, 4 yildan ortiq faoliyat yuritgan Router Protocol ham daromadlar xarajatlarni qoplamagani uchun 30-sentyabrgacha ishini to'xtatadi. Chili birjasi Orionx esa mijozlar mablag'larida 7 million dollardan ortiq kamomad aniqlangach yopilish jarayonini boshladi.
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?




Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!