2025-yil sentabrda taqdim etilgan iPhone 17 Apple kompaniyasining eng hamyonbop flagman smartfoni hisoblanadi. Uning boshlang'ich narxi 799 dollarni tashkil etadi. Yangi model A19 chipi, Apple Intelligence qo'llab-quvvatlashi va 120Hz ProMotion chastotali OLED ekran bilan jihozlangan ⚡️ Shuningdek, qurilma ikkita 48 megapikselli kamera, yangi tarmoq chipi, tirnalishga chidamli oyna, Action tugmasi va Camera Control funksiyasiga ega. Ekranning o'lchami 6.3 dyuymgacha kattalashtirilgan. Keyingi baza modeli 2027-yil boshigacha chiqmaydi, shuning uchun hozir uni xarid qilish uchun qulay davr. Qatorga iPhone Air, 17 Pro hamda 17 Pro Max modellari ham kiritilgan 📲