Omdia tahlilchilari Apple kompaniyasining 2029-yilgacha boʻlgan yangi MacBook va iPad qurilmalari rejasini eʼlon qildi. Ushbu maʼlumotlar taʼminot zanjirlari hamda ekran zavodlari maʼlumotlariga asoslangan. Rejaga koʻra, 2026-yil oxirida OLED ekranli 14,3 va 16,3 dyuymli MacBook Pro hamda 8,4 dyuymli iPad mini taqdim etiladi. Shuningdek, 2027-yil boshida LCD ekranli MacBook Air va OLED matritsali iPad Air modellari kutilmoqda. 2027-yil oʻrtalarida COE texnologiyasiga ega OLED iPad Pro, yil oxirida esa LTPO qoʻshilgan MacBook Pro chiqadi. 2028-yilda yana iPad Air yangilanishi, 2029-yilda esa 13,6 dyuymli OLED MacBook va OLED iPad mini modellari rejalashtirilgan. Eʼtiborlisi, oʻrta segmentdagi iPad'larda 60 Gts chastota saqlanib qoladi va ProMotion tez orada kiritilmaydi. Shuningdek, OLED…