Qozog'istonning "Tobol" klubi Nurbol Jumaskaliyevni bosh murabbiy etib tayinladi. Bungacha u sobiq murabbiy Milich Churchich iste'foga chiqarilgach, vaqtincha bu vazifani bajarib kelayotgan edi. Klub matbuot xizmati ta'kidlaganidek, Jumaskaliyev jamoa afsonasi sanalib, futbolchilar va jamoaning tarixini juda yaxshi biladi. U o'z vaqtida Qozog'iston Premyer-ligasida hamda bitta klub safida urilgan gollar bo'shicha rekord o'rnatgan, shuningdek, sariq-yashillar tarkibida barcha sovrinlarni qo'lga kiritgan. 🏆📊