AMD GPU dasturiy ta'minotiga Rust tilini joriy etmoqda 🦀
AMD kompaniyasi GPU dasturiy ta'minotlariga Rust tilini chuqur joriy etish bo'yicha maxsus mutaxassislar guruhini tuzmoqda. Kompaniya vakili Xarsh Menonning ta'kidlashicha, ushbu tashabbus kompilyatorlar, ishga tushirish muhitlari, mikrodasturlar va apparat ta'minoti arxitekturasini qamrab oladi. Shu maqsadda muhandis lavozimiga vakansiya ochilgan bo'lib, mutaxassis Rust yordamida yuqori unumdorlikka ega tizimlarni yaratish ustida ishlaydi. Ma'lumot uchun, NVIDIA ham o'shanday yo'ldan borib, o'z GPU dasturlari uchun Rust asosidagi Nova drayverini ishlab chiqmoqda.
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?



Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!