UFC chempioni Jamal Hill va sobiq kamar egasi Jiri Prochazka o'rtasidagi yarim og'ir vaznli unvon jangi 19-avgust kuni Boston mezbonlik qiladigan UFC 292 turnirida o'tkazilishi mumkin. Bu haqda amerikalik sportchi MMA Junkie nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, u uzoq kutish niyatida emas va tez orada shartnoma imzolanishiga umid qilmoqda. Eslatib o'tamiz, o'tgan yili chexiyalik jangchi jarohat olib, chempionlik unvonidan voz kechgandi, yanvar oyida esa bo'sh qolgan kamar uchun bahsda Jamal Hill zafar quchgandi. 🏆