UzGoal
Texnologiya va Gadjetlar

Final Fantasy VII Rebirth rus tiliga tarjima qilinmaydi 🎮

1 daqiqa 0
Telegram
Final Fantasy VII Rebirth rus tiliga tarjima qilinmaydi 🎮

Final Fantasy VII Rebirth o'yini rus tiliga tarjima qilinmasligi va uning qo'llab-quvvatlaydigan tillar ro'yxati e'lon qilindi.

Ko'plab yirik nashriyotlar Rossiya bozorini tark etganiga qaramasdan, mahalliy o'yinchilar eng so'nggi videoo'yinlar o'z ona tiliga tarjima qilinishidan hali ham umid uzishmaydi. Afsuski, Final Fantasy VII ishqibozlari kelgusida faqat chet tillarini bilishlariga tayanib ish ko'rishlariga to'g'ri keladi, chunki yangi loyiha rus tilida chiqmaydi.

Loyihaning PlayStation Store'dagi rasmiy sahifasida qo'llab-quvvatlanadigan tillar ro'yxati e'lon qilindi va u yerda rus tili topilmadi. O'yinda ruscha dublyaj umuman yo'q — ovozli xizmat faqat yapon, ingliz, nemis va fransuz tillarida taqdim etiladi. Shuningdek, matnli lokalizatsiya masalasida ham xuddi shunday holat kuzatilib, interfeys va subtitrlar uchun faqat yapon, ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan hamda Braziliya portugal tillari tanlangan.

Shuni ham ta'kidlash kerakki, 2020 yilda PlayStation 4 uchun, shuningdek, 2021 yilda PlayStation 5 va shaxsiy kompyuterlar uchun chiqarilgan Final Fantasy VII Remake ham rus tiliga tarjima qilinmagan edi.

Biroq, seriyaning boshqa bir qismi bo'lgan Final Fantasy XVI o'yinida vaziyat biroz boshqacha ko'rinish olgan edi. Ushbu loyihaning interfeysi va subtitrlari baribir lokalizatsiya qilinib, muxlislarni xursand qilgandi, biroq Rebirth bilan bog'liq vaziyatda bunday imkoniyat berilmadi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin