
Sentabr oyi yakunlari bo'yicha Intel aksiyalari 3 foizga qimmatlashdi, NVIDIA ko'rsatkichlari biroz o'sdi va AMD aksiyalari pasayishni qayd etdi.
0 0

TECNO kompaniyasi MWC 2025 ko‘rgazmasida Phantom Ultimate 2 uch marta buklanuvchi smartfonining real prototipini namoyish etishi mumkin.
TECNO kompaniyasi o‘zining qo‘sh ilmoqli buklanuvchi Phantom Ultimate 2 gadjetini yaratish ustida ish olib bormoqda. Oldinroq faqat reklama suratlari va qog‘ozdagi loyiha holatida namoyish etilgan ushbu qurilma yaqin orada o‘zgarishi mumkinligi ma'lum bo‘ldi.
Insayderlarning tarqatgan ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 3–6-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan MWC 2025 xalqaro ko‘rgazmasida TECNO mazkur smartfonning real prototipini keng jamoatchilik e'tiboriga havola qilishi kutilmoqda. Hozircha qurilmaning ommaviy savdoga chiqarilishi rejalashtirilmagan bo‘lsa-da, ko‘rgazmada barcha funksiyalarga ega oldindan ishlab chiqarilgan ishchi nusxasi ko‘rsatilishi ehtimoli mavjud.
Texnik xususiyatlarga ko‘ra, taqdim etilishi kutilayotgan buklanuvchi smartfon yoyilgan holatda 10 dyuymli ulkan displey bilan jihozlanishi mumkin. Qurilma yig‘ilgan holatda esa uning tashqi qismi 6,48 dyuymli ekran o‘lchamiga mos kelishi bildirilmoqda.
Shuningdek, mazkur gadjetning qalinligi o‘ta yupqa tarzda loyihalashtirilgani aytilmoqda. Unga ko‘ra, qurilmaning qalinligi ochiq holatda 3 millimetrni, yopiq holatda esa 11 millimetrni tashkil qilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, uning mexanizmi kamida 300 ming marta buklanish resursiga mo‘ljallangani ma'lum qilindi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Sentabr oyi yakunlari bo'yicha Intel aksiyalari 3 foizga qimmatlashdi, NVIDIA ko'rsatkichlari biroz o'sdi va AMD aksiyalari pasayishni qayd etdi.
0 0

Final Fantasy VII Rebirth o'yini rus tiliga tarjima qilinmasligi va uning qo'llab-quvvatlaydigan tillar ro'yxati e'lon qilindi.
0 0

Microsoft OpenAI kompaniyasining matndan video yaratuvchi Sora vositasini Bing qidiruv tizimiga integratsiya qildi.
0 0

2025-yil yanvar-may oylarida avtomobil bozori o'sdi, SUV va Renault yetakchilik qilmoqda.
0 0