Binance 12 ta kriptovalyutani delisting qiladi 🚨
Dunyoning yirik kriptobirjalaridan biri bo'lgan Binance platformadagi takliflarini yangilashini e'lon qildi. Unga ko'ra, 4-sentabr, juma kuni kechki payt 12 ta raqamli aktiv alpha platformasidan olib tashlanadi. Bular qatoriga MTP, BDXN, TALE, BOS, MAIGA, TIMI, U (Union), SERAPH, RVV, AIAV, PENGUIN va SN3 kiritilgan. Hozircha faqat depozitlar cheklanadi, foydalanuvchilar tokenlarni sotish yoki boshqa hamyonlarga yechib olish imkoniyatini saqlab qoladi 📉 Shuningdek, birja bu qaror sabablarini ochiqlamagan, biroq bunday choralar odatda qattiq baholash jarayonidan so'ng amalga oshiriladi. Egalari aktivlarini Alpha bo'limi orqali sotishlari yoki "Aktivlar" menyusi orqali boshqa hamyonga o'tkazib olishlari mumkin 🔄
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?




Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!