Liga rahbariyati klub va Kavay Leonard ishi bo'yicha surishtiruvni yakunladi. Tekshiruv natijasida jamoa qoidabuzarliklarga yo'l qo'ygani aniqlandi. 📋 Klub 2029-yildan 2033-yilgacha bo'lgan davrda beshta draftning birinchi raund tanlovidan mahrum bo'ldi. Shuningdek, jamoaga 30 million dollar jarima solindi. 💰 Klub xo'jayini Stiv Balmer va prezident Gillian Zuker bir yilga, bosh menejer Lourens Frenk esa olti oyga ishdan chetlashtirildi. Kavay Leonard 700 ming dollar jarima to'laydigan bo'ldi, uning amakisi Dennis Robertson esa besh yilga NBA bilan aloqa qilishdan chetlatildi. "Klippers" rahbariyati ayblovlarni rad etmoqda.