Janubiy Koreya muxolifat rahbari pichoqlandi 🇰🇷
Yonhap agentligi xabariga koʻra, 2-yanvar kuni soat 10:27 da Pusan shahridagi Gadeok orolida Janubiy Koreya muholifatchilar partiyasi rahbari Li nomaʼlum shaxs hujumiga uchradi 🗡️ Boshqa bir binoga tashrif buyurib, matbuotga intervyu berayotgan paytda uning boʻyin qismiga pichoq urilgan. Siyosatchi jarohat olib qon oqqaniga qaramay hushini yoʻqotmagan va shifoxonaga yetkazilgan 🏥 Guvohlarning aytishicha, jinoyatchi dastlab imzo olishni soʻrab yaqinlashgan va 20-30 sm uzunlikdagi quroldan foydalangan. Hujum qilgan shaxs voqea joyida qoʻlga olingan, biroq huquq-tartibot idoralari hozircha bu ishning sababini aniqlagani yoʻq.
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?
Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!