Space Marine 3 da sun'iy intellekt bo'lmaydi 🤖
Rideshare Stimulator o'yinida sun'iy intellekt qo'llangani uchun chiqqan mojarodan so'ng, Saber Interactive studiyasi Warhammer 40,000 muxlislarini tinchlantirdi. Tarmoqda Space Marine 3 loyihasida ham neyrotarmoqlardan foydalanilishidan xavotirlar bildirilgan edi. Studiya rahbari Metyu Karch kompaniya o'yin tajribasini yaxshilashni maqsad qilganini, ammo Games Workshop qoidalariga ko'ra Warhammer loyihalarida sun'iy intellekt ishlatilmasligini tasdiqladi. Eslatib o'tamiz, Games Workshop o'z dizaynida neyrotarmoqlardan foydalanishni qat'iyan taqiqlagan. 🎮
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?
Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!