Daniyel Rikardo: Shunchaki joy egallashni istamayman 🏎
Singapur Gran-prisidan so'ng Daniyel Rikardo "Visa RB" jamoasi qarorgohini eng oxiri tark etdi va barchaga iliq so'zlar uchun minnatdorlik bildirdi 🏁 257-poygasidan keyin u Ostinda startga chiqmasligi ehtimoli yuqori ekanini yashirmadi. Avstraliyalik poygachi asosiy maqsad "Red Bull"ga qaytib, g'alaba uchun kurashish bo'lganini, biroq bunga to'liq erisha olmaganini ta'kidladi 🛑 Agar u yetakchilar safida tura olmasa, F1da qolishdan ma'no ko'rmasligini va buni qabul qilganini aytdi. Faensa jamoasi ham tajribali poygachini qarsaklar bilan iliq kuzatib qo'ydi 👏
Bu maqola haqida nima deb o'ylaysiz?
Izohlar (0)
Hali izohlar yo'q. Birinchi bo'ling!