UzGoal
Sport Yangiliklari

🇺🇸 Bayden AQSh uchun asosiy xavfni aytdi

1 daqiqa 2
Telegram
🇺🇸 Bayden AQSh uchun asosiy xavfni aytdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Los-Anjelesdagi yigʻilishda Donald Trampning gʻalabasi mamlakat demokratiyasiga katta xavf tugʻdirishini aytdi.

AQSh prezidenti Jo Байден 2024-yilgi saylovlarda Donald Trampning gʻalaba qozonish ehtimoli mamlakat uchun katta xavf tugʻdirishini maʼlum qildi. Ushbu bayonot Los-Anjeles shahrida oʻtkazilgan сайловолди кампанияси uchun mablagʻ yigʻish tadbiri davomida aytib oʻtildi.

Tadbir davomida oʻz maʼmuriyatining yutuqlariga toʻxtalib oʻtgan Amerika rahbari nutqining asosiy qismini raqibini tanqid qilishga qaratdi. Uning soʻzlariga koʻra, Donald Tramp fuqarolik, saylov huquqlari hamda mamlakatning xalqaro maydondagi mavqeiga jiddiy tahdid solmoqda.

Jo Байденning taʼkidlashicha, eng katta xavf bu Amerika demokratiyasiga qilinayotgan hujumlardir. Agar mamlakat oʻz demokratiyasini yoʻqotsa, boshqa hamma narsani ham boy berishini qayd etdi.

Shuningdek, u Tramp ilgari saylovdagi magʻlubiyatini va xalq irodasini tan olishdan bosh tortgan tarixdagi ilk nomзод boʻlganini eslatib oʻtdi. Agar respublikachi siyosatchi yana gʻalaba qozonsa, uning ikkinchi muddati avvalgisidan ham ogʻirroq kelishi va u siyosiy raqiblarini taʼqib qilish uchun koʻchalarga harbiylarni safarbar etishi mumkinligi taxmin qilindi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin