UzGoal
Sport Yangiliklari

Bogdan Guskov Ruziboyev mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi 🥊

1 daqiqa 2
Telegram
Bogdan Guskov Ruziboyev mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi 🥊

UFC jangchisi Bogdan Guskov hamyurtimiz Nursulton Ruziboyevning Maykl Peyjdan uchralgan mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi.

O‘zbekistonlik aralash yakakurash ustasi Nursulton Ruziboyev britaniyalik 39 yashar Maykl "Venom" Peyjga qarshi oktagonda uch raund to‘liq jang qilib, hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qaroriga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ushbu bahsdan so‘ng UFC'dagi yana bir hamyurtimiz Bogdan Guskov hamyurtimizning mag‘lubiyati yuzasidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bogdan Guskovning ta’kidlashicha, Maykl Peyj o‘ziga xos darajaga va noyob uslubga ega bo‘lgan jнгchi hisoblanadi. Uning yoshi o‘z ta’sirini o‘tkazmayotgani, bundan o‘n yil avvalgi dinamikasi saqlanib qolgani, faqatgina ishtiyoqi biroz pasaygani sezilayotganini qayd etdi.

Jangning borishiga to‘xtalarkan, Guskov Nursulton uchun birinchi raund juda yaxshi chiqqanini, biroq keyingi daqiqalarda Peyj o‘z rejasini va jang ssenariysini to‘liq ro‘yobga chiqarganini aytdi. Internet foydalanuvchilari izohlarda yozganidek, bu uchrashuv Ruziboyev uchun og‘ir kechgan.

Shu bilan birga, hamyurtimiz bu kabi murakkab va og‘ir janglar sportchini yanada chiniqtirishi va tajribali qilishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin