
EVE Online oʻyinida sirli Drifterlarga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi "Zarzak qamali" nomli yangi keng koʻlamli tadbir boshlandi.
0 2

«Barselona» klubi 17 yoshli yarimhimoyachisi Gavi bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirib, tovon pulini 500 million evroga oshirmoqchi.
«Barselona» klubi o'zining yosh va istiqbolli yarimhimoyachisi Gavi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu haqda nufuzli AS nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, kataloniyaliklar rahbariyati tez orada futbolchining vakili Ivan de la Penya bilan muzokaralar o'tkazishni rejalashtirgan. Tomonlar amaldagi kelishuvni uzaytirish masalasini muhokama qilishadi va yakuniy kelishuvga erishishni maqsad qilingan.
Klub rahbariyati 17 yoshli ispaniyalik futbolchiga uning tovon puli miqdorini 500 million evroga oshirgan holda yangi va yaxshilangan shartnoma taklif etish niyatida. Shuningdek, tomonlar o'rtasidagi yangi bitim muddati 2026 yilgacha mo'ljallanishi ko'zda tutilgan.
Ma'lumot uchun, Gavi «Barselona» klubining o'z tarbiyalanuvchisi sanaladi. Yarimhimoyachining hozirgi amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyida o'z nihoyasiga yetishi belgilangan edi.
Eslatib o'tamiz, yosh iqtidor egasi joriy mavsumda «Barselona» asosiy jamoasi safida o'zining debyutini o'tkazishga ulgurdi. U shu vaqtga qadar barcha turnirlar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, jamoadoshlariga bitta golli uzatma yetkazib berishni uddalagan.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

EVE Online oʻyinida sirli Drifterlarga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi "Zarzak qamali" nomli yangi keng koʻlamli tadbir boshlandi.
0 2
Parlons Basket saytini qo‘llab-quvvatlash uchun turli brauzerlarda adblock kengaytmalarini qanday o‘chirish bo‘yicha qo‘llanma.
0 2

Lonzo Boll podkastdagi so‘zlari ortidan chiqqan nafaqaga chiqish haqidagi mish-mishlarni rad etib, hali ham yangi jamoa kutayotganini aytdi.
0 1

Dallas Mavericks markazi Dereck Lively II oyoq operatsiyasidan so'ng hali tayyorgarlik lageriga ruxsat olmadi va mavsum boshini o'tkazib yuborishi mumkin.
0 2