
Manchester Yunaytedning Tvente bilan o'yinida Diogo Dalotning yangi roli Erik ten Hag uchun ijobiy qadam bo'ldi.
0 0

Lonzo Boll karyerasini yakunlagani haqidagi xabarlarni rad etib, hali ham yangi shartnoma taklifini kutayotganini ma'lum qildi.
Erkin agent maqomidagi basketbolchi Lonzo Boll faoliyatini yakunlagani haqidagi xabarlarni rad etdi. Chorshanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlar uning podkastdagi chiqishidan keyin boshlangan edi. Podkast davomida u basketbolga borini bergani va ligada to'qqiz yil o'ynaganidan minnatdor ekanini ta'kidlagan. Shu bilan birga, u o'z cho'qqisiga chiqa olmagandek tuyulgani haqida ham gapirib, bolalikdagi orzulari haqida to'xtalib o'tgandi.
Mazkur bayonotlardan so'ng tarqalgan taxminlarga javoban Boll ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida faoliyatini yakunlamaganini va hanuzgacha klublardan qo'ng'iroq kutayotganini yozdi. U o'zining Twitter sahifasida "Men nafaqaga chiqdimmi? Bu menga yangilikku, chunki men hali ham chaqiruv kutyapman" deya izoh qoldirdi.
Boll joriy yilning fevral boshidan buyon erkin agent hisoblanadi. O'shanda uni "Klivlend" jamoasi "Yuta"ga almashtirgan, "Yuta" эса uni tarkibdan ozod qilgan edi. O'tgan yozda "Klivlend" uni "Chikago"dan tarkibiga qo'shib olgan bo'lib, buning evaziga Ayszak Okoroni Chicago klubiga bergandi.
Klivlenddagi mavsum basketbolchi uchun omadsiz keldi. U ochkolar, maydondagi daqiqalar, shuningdek, ikki ochkolik va uch ochkolik tashlanishlar foizi bo'yicha o'z faoliyatidagi eng past ko'rsatkichlarni қайд этди. Eslatib o'tamiz, Boll tizzasidagi jiddiy muammolar tufayli ikki mavsumni to'liq o'tkazib yuborgan va 2024/25-yilgi mavsumda "Chikago" safida 35 ta o'yinda maydonga tushgandi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Manchester Yunaytedning Tvente bilan o'yinida Diogo Dalotning yangi roli Erik ten Hag uchun ijobiy qadam bo'ldi.
0 0

Formula-1 avtopoygalari, musobaqa tuzilishi, ochkolar tizimi va chempionat sovrinlari haqida to'liq ma'lumot.
0 0

Dereck Lively II oyog'idagi operatsiyadan so'ng hali mashg'ulotlarga ruxsat olmadi va mavsum boshini o'tkazib yuborishi mumkin.
0 0

Formula 1 poygachisi Esteban Okon 2027-yilgi mavsum uchun o'zini erkin agent deb e'lon qildi va uning kelajagi so'roq ostida qolmoqda.
0 0