UzGoal
Sport Yangiliklari

O'zbekiston oyoq kiyimlari Italiya bozorida 🇮🇹

1 daqiqa 0
Telegram
O'zbekiston oyoq kiyimlari Italiya bozorida 🇮🇹

O'zbekistonlik poyabzal ishlab chiqaruvchilar Italiyadagi MICAM ko'rgazmasida qatnashib, Yevropa bozoriga chiqish bo'yicha muzokaralar olib bord.

"O'zcharmsanoat" uyushmasiga a'zo korxonalar Italiyada bo'lib o'tayotgan MICAM xalqaro ko'rgazmasi doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlik, brendni yangilash va yangi bozorlarga chiqish bo'yicha muzokaralarni boshlab yubordi. O'zbekiston delegatsiyasi ushbu nufuzli tadbirda ilk bor qatnashayotgan bo'lishiga qaramay, mamlakatimiz korxonalari tanilgan Italiya brendlari bilan mahsulotlarimizni Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksport qilish yuzasidan muloqotlar o'tkazdi.

"Italian Artisan" bosh direktori Devid Klementoni O'zbekiston stendidagi yangi mahsulotlar haqida o'z ijobiy fikrlarini bildirib o'tdi. Uning so'zlariga ko'ra, oktyabr oyida Toshkentda bo'lib o'tadigan ko'rgazma doirasida ularning hamjamiyati vakillari mamlakatimizdagi poyabzal fabrikalariga tashrif buyurib, yaqindan hamkorlik o'rnatishni rejalashtirgan. Klementoni O'zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifat jihatidan italyan tovarlaridan qolishmasligini va tez orada ularni Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ko'rish mumkinligini qayd etdi. Shuningdek, u O'zbekiston har bir bozor uchun alohida strategiya ustida ishlayotgani bois yangi bozorlarga tez moslasha olishini ta'kidladi.

O'rta va yuqori narx segmentlaridagi brendlar namoyish etiladigan MICAM ko'rgazmasida o'zbekistonlik korxonalarning namunalari Italiya hamda boshqa Yevropa davlatlari savdo uylari vakillarida katta qiziqish uyg'otdi. Xususan, "SAN+ONE" brendiga tegishli mahsulotlar yaqin kelajakda Italiya bozoriga chiqishi kutilmoqda. Yevropa bozoriga intilayotgan barcha poyabzal kompaniyalari uchun xizmat qiladigan ushbu platformada mamlakatimiz korxonalari o'zaro muloqotni samarali olib bormoqda.

Mazkur yo'nalishdagi aloqalarni yanada rivojlantirish va kelgusidagi istiqbollarni batafsil muhokama qilish ishlari joriy yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan "UzCharmExpo-2022" xalqaro ko'rgazmasida davom ettiriladi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin