UzGoal
Sport Yangiliklari

🏎 Felipe Drugovichda 2025 yil uchun rejalar bor

1 daqiqa 0
Telegram
🏎 Felipe Drugovichda 2025 yil uchun rejalar bor

Aston Martin zaxira poygachisi Felipe Drugovich San-Paulu Gran-prisidagi vazifalari va kelgusi mavsum rejalari haqida gapirdi.

"Aston Martin" jamoasining zaxira va test-poygachisi Felipe Drugovich bo'lajak San-Paulu Gran-prisida bajaradigan vazifalari haqida gapirib o'tdi. U bu safargi poyga weekendiga zaxira poygachisi maqomida tashrif buyurishini va joriy mavsumda erkin amaliyot mashg'ulotlarida qatnashish imkoniyati bo'lishiga umid qilishini bildirdi.

Braziliyalik poygachining so'zlariga ko'ra, uning oldinda turgan bosqichdagi asosiy vazifalari qatoriga mahalliy OAV vakillari bilan ko'plab intervyular o'tkazish, shuningdek, mashg'ulotlar vaqtida Lens Stroll hamda Fernando Alonsoning harakatlarini kuzatib borish kiradi. U jamoaga o'zining tahliliy fikrlari bilan ko'maklashishini ta'kidladi.

Vatanga qaytish har doim yoqimli ekanini, bu bosqichda unga muxlislar va matbuot tomonidan alohida e'tibor qaratilishini aytgan Drugovich qo'llab-quvvatlashlar uning uchun muhimligini qayd etdi. Shuningdek, uning ta'kidlashicha, muxlislar va matbuot e'tibori unga katta kuch bag'ishlaydi.

Kelgusi 2025 yilgi mavsum masalasiga to'xtalib o'tar ekan, Felipe o'zida bir nechta variantlar borligini, biroq hozircha hech qanday tasdiqlangan qaror yo'qligini ma'lum qildi. U butun e'tiborini "Aston Martin" bilan hamkorlikdagi rivojlanishga qaratganini, oxirgi ikki yarim yil ichida jamoa unga yaxshi munosabatda bo'lganini va ko'p narsalarni o'rgatganini qo'shimcha qildi. Sportchi zarurat tug'ilsa, darhol bolidni boshqarishga tayyor turishi lozimligini eslatdi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin