UzGoal
Sport Yangiliklari

Basketbolchi WADAdan qanday qochmoqchi edi? 🏀

1 daqiqa 0
Telegram
Basketbolchi WADAdan qanday qochmoqchi edi? 🏀

Jahon sportida dopingga qarshi kurash va basketbolchi Donell Kuperning faoliyati haqidagi qiziqarli faktlar.

So'nggi o'n yilliklarda jahon sportida dopingga qarshi kurashish masalasi dolzarb mavzulardan biriga aylandi. Bir tomondan bu adolatli raqobatni ta'minlasa, boshqa tomondan Butunjahon antidoping agentligi (WADA) o'ta keng vakolatlarga ega bo'lib, turli siyosiy jarayonlar va farmatsevtika kompaniyalari manfaatlarini himoya qilish vositasiga aylangani aytiladi. Shunga qaramay, doping-sinovlari tarixida eng antiqa va g'aroyib hodisalar ham uchrab turadi. Shunday shov-shuvli holatlardan biri amerikalik basketbolchi Donell "Di-Jey" Kuperning diskvalifikatsiyasidir.

Donell o'zining yoshlik yillaroq iqtidorini namoyon etib, AQShning nufuzli talabalar ligasi – NCAA jamoalari e'tiboriga tushgan. 2009 yilda u Ogayo universiteti jamoasini tanlab, to'rt mavsum davomida asosiy yetakchilardan biriga aylandi. Maydonda har o'yinda o'rtacha 35 daqiqa harakat qilgan o'yinchi 15 ochko jamg'arib, 6 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Biroq uning o'yinida barqarorlik yetishmasdi va 22 yoshida NBA draftiga qo'yilganiga qaramhe, uni hech bir klub tanlamadi.

Shundan so'ng sportchi o'z faoliyatini Yevropada davom ettirishga qaror qildi. Uning ilk xorijiy klubi Gretsiyaning PAOK jamoasi bo'ldi va u yerda darhol yetakchiga aylandi. Okean ortidagi qisqaroq o'yin vaqtiga qaramay, uning ko'rsatkichlari ancha yuqori bo'ldi. PAOK safidagi muvaffaqiyatli o'yinlaridan so'ng, 2014 yil yozida u Krasnoyarshning "Yenisey" klubi bilan shartnoma imzolab, VTB Birlashgan ligasida to'p sura boshladi.

Rossiya klubida ham Kuper o'zini eng yaxshi tomondan ko'rsatib, turnirning eng yorqin o'yinchilaridan biriga aylandi. U mavsum yakunlariga ko'ra eng yaxshi assistent maqomini olib, o'rtacha har bir o'yinda 9,2 ta uzatma amalga oshirdi va yangi rekord o'rnatishga muvaffaq bo'ldi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin