UzGoal
Sport Yangiliklari

"Arsenal" yozgi transferlarda faol bo'ladi 💰

1 daqiqa 0
Telegram
"Arsenal" yozgi transferlarda faol bo'ladi 💰

Londonning "Arsenal" klubi moliyaviy barqarorligi tufayli kelgusi yozgi transfer oynasida faol ishtirok etishi kutilmoqda.

Londonning "Arsenal" klubi kelgusi yozgi transfer oynasida o'z tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Jamoaning so'nggi moliyaviy ko'rsatkichlari "to'pchilar" transfer bozorida boshqalarga qaraganda ancha raqobatbardosh bo'lishidan dalolat beradi.

Klub 2024-25 yilgi mavsumda transferlarga nisbatan kamroq, taxminan 88 million funt mablag' sarflagan edi. Natijada, ushbu moliyaviy yilda klub rekord darajadagi 691 million funt daromad olib, umumiy zararni atigi 1,4 million funtga tushirishga muvaffaq bo'ldi. Mazkur ijobiy ko'rsatkichlar evaziga jamoa 2025-26 yilgi mavsum oldidan yettita futbolchi uchun bonuslarni hisobga olmaganda 250 million funt sarmoya kirita oldi.

Moliyaviy ekspertlarning fikricha, "Arsenal" UEFA va Angliya Premer-ligasining moliyaviy fair-pley qoidalariga rioya qilish borasida hech qanday muammoga duch kelmaydi. Buning asosiy sababi, klubning maoshlar fondi umumiy daromadning atigi 50 foiz atrofig ketishidir. Xususan, tijorat sektorining o'sishi, xususan chakana savdo amaliyotlarining 27 foizga oshgani rekord darajadagi daromadni ta'minladi.

Shu bilan birga, klub daromadlarini yanada oshirish maqsadida keyingi mavsum uchun chipta narxlarini o'rtacha 3,9 foizga oshirishini e'lon qildi. Bu ketma-ket beshinchi mavsum narxlarning qimmatlashishi bo'lib, muxlislar orasida noroziliklarga sabab bo'ldi. Klub vakillari bu қаdаmni o'yin kuni xarajatlarining oshishi va tarkibga investitsiya kiritish zarurati bilan izohladi.

Boshqa bir londonlik jamoa "Chelsi" esa buning mutlaqo zid ravishda, ingliz futboli tarixidagi eng yirik soliqgacha bo'lgan zararni qayd etdi. Todd Bueli boshchiligidagi konsorsium davrida klub 342 million funt miqdorida defitsitga uchradi va bu ko'rsatkich bo'yicha Yevropada antirekord o'rnatdi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin