
Londonning "Arsenal" klubi moliyaviy barqarorligi tufayli kelgusi yozgi transfer oynasida faol ishtirok etishi kutilmoqda.
0 0

Germaniyadagi Yevro-2024 turnirida Sloveniya va Serbiya durang o'ynadi, serblar so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi.
Germaniyada davom etayotgan futbol bo'yicha Yevropa chempionatining C guruhi 2-tur uchrashuvi keskin kurashlar ostida o'tdi. Myunxen shahridagi mashhur «Alyans Arena» stadionida Sloveniya hamda Serbiya terma jamoalari o'zaro bahs olib bordi va uchrashuv g'olibni aniqlay olmadi. Tomonlar murosaga kelib, ochkolarni bo'lishib olishdi.
O'yinning asosiy qismi teng kurashlarda o'tgan bo'lsa-da, hisob ikkinchi bo'limda ochildi. Bellashuvning 69-daqiqasida sloveyniyalik futbolchi Jan Karnichnik raqib darvozasini ishg'ol qilib, o'z jamoasini oldinga olib chiqdi. Shundan so'ng serblar muvozanatni tiklash uchun barcha choralarni ko'rdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtning so'nggi daqiqalarida, aniqrog'i 90+5-daqiqada burchakdan uzatib berilgan to'pni Luka Yovich bosh bilan darvozaning olis burchagiga aniq yo'llab, jamoasini muqarrar mag'lubiyatdan saqlab qoldi.
Mazkur natijadan so'ng guruhdagi vaziyat yanada qizidi. Sloveniya terma jamoasi o'z hisobidagi ochkolar sonini 2 taga yetkazib, turnir jadvalining ikkinchi pog'onasini egallab turibdi. Serbiya esa 1 ochko bilan guruhning to'rtinchi, yani oxirgi o'rnida bormoqda. Eslatib o'tamiz, FIFA reytingida Serbiya 32-o'rinni egallasa, Sloveniya 57-pog'onadan joy olgan.
Guruh bosqichining so'nggi tur uchrashuvlari 25-iyun kuni bo'lib o'tadi. O'sha kuni Sloveniya Angliyaga qarshi maydonga tushsa, Serbiya terma jamoasi Daniya bilan kuch sinashadi. Eslatib o'tish joizki, Sloveniya saralash bosqichida Qozog'istonni 2:1 hisobida mag'lub etib, Yevro-2024 yo'llanmasini qo'lga kiritgandi, qozog'istonliklar esa keyinchalik pley-offda Gretsiyaga 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Londonning "Arsenal" klubi moliyaviy barqarorligi tufayli kelgusi yozgi transfer oynasida faol ishtirok etishi kutilmoqda.
0 0

Tel-Avivning «Makkabi» klubi «Pari NN» hujumchisi Milson bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.
0 0

Professional bokschi Bahodir Jalolov AQShdagi jangida amerikalik Villi Harvini ikkinchi raundda nokautga uchratdi.
0 0

Setanta Sports xalqaro sport platformasi, uning translyatsiyalari, obuna shartlari va ekran uzatish imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot.
0 0