UzGoal
Sport Yangiliklari

Bahodir Jalolov amerikalik raqibini nokaut qildi 🥊

1 daqiqa 0
Telegram
Bahodir Jalolov amerikalik raqibini nokaut qildi 🥊

Professional bokschi Bahodir Jalolov AQShdagi jangida amerikalik Villi Harvini ikkinchi raundda nokautga uchratdi.

Professional bokschimiz Bahodir Jalolov AQShda navbatdagi jangini o‘tkazib, raqibini muddatidan oldin taslim qildi. Ushbu sport kechasi 16-mart kuni bo‘lib o‘tdi va hamyurtimiz uchun professional faoliyatidagi beshinchi jang bo‘lib tarixga kirdi.

Superog‘ir vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik bokschi bu safar amerikalik Villi Harvi bilan kuch sinashdi. Jang kutilganidek keskin kechdi va hamyurtimiz ikkinchi raunddayoq raqibini nokaut holatiga tushirib, navbatdagi yorqin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ta'kidlash joizki, Bahodir Jalolov professional ringda o‘tkazgan barcha janglarini raqiblarini nokaut qilish orqali yakunlab kelmoqda. U avvalroq AQShda yana bir amerikalik bokschi Tairel Raytni ham mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin