UzGoal
Sport Yangiliklari

🇺🇿 O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining Olmaota shahridagi vakolatxonasi ochildi 📈

1 daqiqa 0
Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining Olmaota shahridagi vakolatxonasi ochildi 📈

Olmaota shahrida O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining rasmiy vakolatxonasi ochildi.

"Dunyo" axborot agentligi xabar qilishicha, Qozog‘istonning Olmaota shahridagi "Ken Dala" biznes markazida O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining (UZEX) vakolatxonasi o‘z ishini boshladi. Ushbu tantanali ochilish marosimida UZEX boshqaruvi raisi Ziyoviddin Badriddinov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, Qozog‘iston biznes doiralari vakillari hamda mamlakatimiz Bosh konsulxonasi xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqan UZEX rahbari birjadagi savdo hajmlarini oshirish, xorijiy hamkorlar va dunyoning yetakchi birjalari, xalqaro moliya tuzilmalari bilan aloqalarni mustahkamlash hamda tashqi savdo maydonchalari tarmog‘ini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Uning ta'kidlashicha, Olmaotadagi vakolatxona ikki qardosh davlat tadbirkorlari va tovar ishlab chiqaruvchilariga birja savdolarining bozor mexanizmlaridan foydalangan holda o‘zaro bozorlarga qulay kirish imkoniyatini yaratish uchun xizmat qiladi.

O‘z navbatida, "Cargill" kompaniyasining boshqaruv direktori Yuri Ioffe Qozog‘istonning moliya-iqtisodiy markazi bo‘lgan Olmaotada UZEX vakolatxonasining ochilishini iliq kutib oldi. Uning fikricha, bu qadam ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmining yanada o‘sishiga hissa qo‘shadi va ishbilarmonlarga shaffoflik, ochiqlik hamda teng raqobat shartlari tamoyillari asosida savdolarda qatnashish imkonini beradi.

Uchrashuv doirasida amaliy hamkorlik masalalari, jumladan, elektron platformalarda birja savdolarini tashkil etish bo‘yicha tajriba almashish va zamonaviy savdo shakllarini takomillashtirishda o‘zaro yordam ko‘rsatish yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin