UzGoal
Sport Yangiliklari

🇺🇸 Stellantis va kasaba uyushmasi zidiyati

2 daqiqa 0
Telegram
🇺🇸 Stellantis va kasaba uyushmasi zidiyati

Stellantis va avtomobilsozlik kasaba uyushmasi o'rtasidagi ziddiyat AQShdagi minglab ish o'rinlari yo'qolib ketish xavfini tug'dirmoqda.

AQShning Detroit shahri yaqinida joylashgan zavodda Ram yuk mashinalarini yig'uvchi Rut Briden va boshqa ishchilar uchun Birlashgan avtomobil ishchilari kasaba uyushmasi hamda Stellantis kompaniyasi o'rtasidagi ziddiyat jiddiy xavotir uyg'otmoqda. Ushbu qarama-qarshilik nafaqat Illinois shtatidagi zavod taqdiri, balki butun kasaba uyushmasi a'zolarining kelajagi uchun xavf belgisi sifatida ko'rilmoqda.

Stellantis o'tgan yili kasaba uyushmasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Illinoisdagi Belvidere zavodini qayta ochish majburiyatini olgan edi. Biroq kompaniya noqulay bozor sharoitlarini vaj qilib, bu jarayonni kechiktirmoqda. Garchi rahbariyat korxona oxir-oqibat o'z ishini boshlashini da'vo qilayotgan bo'lsa-da, zavodni, shuningdek, yangi akkumulyator zavodi va ehtiyot qismlar omborini ishga tushirish bo'yicha aniq muddatlar belgilanmagan. Mazkur kechikishlar natijasida 2700 dan ortiq ish o'rni xavf ostida qolmoqda.

O'tgan oyda zavod yaqinida bo'lib o'tgan mitingda ishchilar kompaniya boshqa va'dalarini ham buzishidan qo'rqishlarini bildirishdi. Kasaba uyushma rahbarlari ish tashlash uyushtirish bilan tahdid qilmoqda va bu harakat boshqa kompaniyalarga ham ta'sir qilishi mumkin. Mehnat munosabatlari bo'yicha mutaxassislarning fikricha, Detroitning boshqa raqobatchilari Ford va General Motors ham vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Avtomobilsozlik kompaniyalari yillar davomida Meksikadagi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirib kelmoqda. 2023 yil fevral oyida Chicago shahridan shimoli-g'arbda joylashgan Belvidere zavodidan oxirgi Jeep Cherokee SUV mashinasi chiqqanidan keyin 1350 nafar xodim ishdan bo'shatilgan edi. O'tgan kuzda uchta yirik avto ishlab chiqaruvchiga qarshi o'tkazilgan olti haftalik ish tashlashlardan so'ng imzolangan yangi shartnomaga ko'ra, Stellantis 2027 yilda zavodni qayta ochishga kelishib olgan edi.

Shuningdek, shartnomada joriy yilda ehtiyot qismlar markazini va 2028 yilda 1300 ta ish o'rniga ega elektromobil akkumulyatorlari zavodini ochish ko'zda tutilgan edi. Kompaniya 2028 yil apreligacha amal qiladigan shartnoma doirasida Qo'shma Shtatlarga 18,9 milliard dollar sarmoya kiritish majburiyatini olgandi. Biroq shartnoma imzolanganidan bir yil o'tib ham ehtiyot qismlar markazi qurilmagani va boshqa obyektlar bo'yicha aniq rejalar yo'qligi ishchilar o'rtasida jiddiy xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin