
BMT eksperti O'zbekistonning mojaro hududlaridan ayollar va bolalarni qaytarish ishlarini maqtadi va qonunchilikni isloh qilishni tavsiya etdi.
0 0

O'zbekiston va Italiya tashqi ishlar vazirlari Toshkentda ikki tomonlama hamkorlik va qo'shma tadbirlarni o'tkazish masalalarini muhokama qilishdi.
O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga "Italiya – Markaziy Osiyo" formatidagi ikkinchi vazirlik konferensiyasida qatnashish uchun kelgan Italiya tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Luigi Di Maio bilan uchrashuv o'tkazdi. Mazkur uchrashuv 2021 yilning 8 dekabr sanasida bo'lib o'tdi.
Tomonlar ikkinchi vazirlik uchrashuvining samarali o'tganini mamnuniyat bilan qayd etib, bu format siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ta'lim hamda ilmiy yo'nalishlarda ko'p qirrali va barqaror hamkorlikni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega ekanini ta'kidladilar.
Muloqot davomida qo'shma ikki tomonlama tadbirlarni tashkil etish, jumladan, 2022 yilda Toshkent shahrida O'zbekiston-Italiya Savdo-iqtisodiy va sanoat hamkorligi hamda eksport kreditlari bo'yicha Hukumatlararo ishchi guruhining 7-yig'ilishini o'tkazish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.
Suhbat chog'ida parlamentlararo muloqotni yana-da mustahkamlash, hududlararo aloqalarni, xususan, Samarqand viloyati va Lombardiya viloyati o'rtasidagi hamkorlikni faollashtirish, huquqiy bazani kengaytirish hamda o'zaro sayyohlar oqimini ko'paytirishga tayyorlik bildirildi.
Shuningdek, 2022 yilda O'zbekiston va Italiya o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 30 yilligini qo'shma tadbirlar orqali nishonlash masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Uchrashuvda ikki mamlakatning xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligi masalalari ham muhokama qilindi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

BMT eksperti O'zbekistonning mojaro hududlaridan ayollar va bolalarni qaytarish ishlarini maqtadi va qonunchilikni isloh qilishni tavsiya etdi.
0 0

Sport olamidagi so‘nggi yangiliklar: futbol, tennis, KHL, figurali uchish va boshqa xalqaro musobaqalardagi muhim natijalar sharhi.
0 0

Toshkent shahridagi avtobusda 63 yoshli yo'lovchining ahvoli yomonlashib, tez yordam kelguncha vafot etdi.
0 0

Marsel ustozi Roberto De Zerbi taktikani o'zgartirib, markaziy hujumga o'tgach, vinger Jonatan Rouening asosiy tarkibdagi o'rni xavf ostida qoldi.
0 0