
Marsel ustozi Roberto De Zerbi taktikani o'zgartirib, markaziy hujumga o'tgach, vinger Jonatan Rouening asosiy tarkibdagi o'rni xavf ostida qoldi.
0 0

"Barselona" yarimhimoyachisi Gavi uzoq tanaffusdan so'ng umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi va tez orada safga qaytishi kutilmoqda.
"Barselona" klubi matbuot xizmati yarimhimoyachi Gavining umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytganini e'lon qildi. Bu Hansi Flik jamoasi uchun muhim xushxabar bo'ldi, chunki 21 yoshli futbolchi o'tgan yilning avgust oyidan beri maydonga tushmagan edi. Tizzasidan olgan jiddiy jarohati va jarrohlik amaliyotidan so'ng, u juma kungi mashg'ulotning bir qismida sheriklari bilan shug'ullandi.
Klub shifokorlari tizzadagi muammolar takrorlanmasligi uchun tiklanish jarayonini juda ehtiyotkorlik bilan boshqarishdi. So'nggi haftalarda mashg'ulotlar jadvali asta-sekin kuchaytirib borildi. Murabbiylar shtabi futbolchining holatini har kuni kuzatib boradi va uning rasmiy o'yinlarga qachon qaytishini keyinroq hal qiladi.
Gavining safga qaytishi so'nggi paytlarda Pedrining jarohati va ketma-ket muvaffaqiyatsizliklarga uchragan kataloniyliklar yarimhimoyasi uchun qo'l keladi. "Barselona" oxirgi o'yinlarda "Atletiko"ga qarshi mamlakat kubogida va "Girona"ga qarshi chempionat bahsida mag'lub bo'lib, ikkinchi o'ringa tushib qolgan edi. Gavi o'zining maydonsagi shijoati va himoyadagi faolligi bilan jamoaga yordam berishi kutilmoqda.
Garchi murabbiylar uni tezroq asosiy tarkibda ko'rishni istashsa-da, futbolchining og'ir jarohatlar tarixini inobatga olib, ehtiyotkorlik choralari ko'rilmoqda. Eslatib o'tamiz, Gavi 2023 yil noyabr oyida Ispaniya terma jamoasi safida tizzasining xochsimon bog'rami yirtilib, deyarli bir yilga safdan chiqqan edi. 2025 yil avgustida esa mashg'ulot paytida xuddi shu tizzasidan yana jarohat olib, jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgandi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Marsel ustozi Roberto De Zerbi taktikani o'zgartirib, markaziy hujumga o'tgach, vinger Jonatan Rouening asosiy tarkibdagi o'rni xavf ostida qoldi.
0 0

AQShdan tashqaridagi hududlardan kirishga urinishlar sababli KIRO 7 News Seattle internet-nashri cheklandi.
0 0

Tolibon hukumati Qatarda AQSH delegatsiyasi bilan uchrashib, havo kengliklarini buzmaslik va aktivlarni muzlatmaslikni talab qildi.
0 0

O‘zbekiston milliy jamoasi Ammandagi yig‘in doirasida Malayziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
0 0