
"Barselona" yarimhimoyachisi Gavi uzoq tanaffusdan so'ng umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi va tez orada safga qaytishi kutilmoqda.
0 0

Toshkentda tadbirkorning 15 000 dollarini ofis olib berish bahonasida firibgarlik bilan o‘zlashtirgan shaxs fosh etildi.
Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Ana shunday jarayonlardan birida poytaxtda tadbirkorning pulini aldov yo‘li bilan o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Tekshiruv davomida fuqaro T.S. «B.M.» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari F.ning ishonchiga kirgani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi tadbirkorga Yangihayot tumanidan ofis sifatida foydalanish uchun 2,5 sotixli uy-joy olib berishni va’da qilgan. Biroq o‘zining bu niyatini amalga oshirish vakolati yoki imkoniyati bo‘lmasa-da, u rahbarning 15 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Jabrlanuvchidan olingan mablag‘lar qonunbuzar tomonidan o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun to‘liq sarflab yuborilgani aniqlangan. Ushbu holat rasman tasdiqlanib, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy Telegram-kanalida e’lon qilindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

"Barselona" yarimhimoyachisi Gavi uzoq tanaffusdan so'ng umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi va tez orada safga qaytishi kutilmoqda.
0 0

Tolibon hukumati Qatarda AQSH delegatsiyasi bilan uchrashib, havo kengliklarini buzmaslik va aktivlarni muzlatmaslikni talab qildi.
0 0

O‘zbekiston milliy jamoasi Ammandagi yig‘in doirasida Malayziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
0 0

Amerikalik magʻlubiyatsiz bokschilar Gervonta Davis va Ryan Garcia 2023-yil aprel oyida Las-Vegasda oʻzaro jang qiladi.
0 0