UzGoal
Sport Yangiliklari

Lamin Yamal irqchilikka uchraganini aytdi 🛑

1 daqiqa 0
Telegram
Lamin Yamal irqchilikka uchraganini aytdi 🛑

Lamin Yamal faoliyati davomida irqchilikka minglab marta duch kelgani va bu holatlar haqida nima deyishini ma’lum qildi.

“Barselona” klubining iste’dodli hujumchisi Lamin Yamal o‘zining futbolchilik faoliyati davomida irqchilik ko‘rinishlariga minglab marta duch kelgani haqida gapirdi. Uning ta’kidlashicha, jamiyatdagi ko‘plab kishilar o‘zlarining so‘zlari yoki kundalik xatti-harakatlari irqchilikka kirishini hatto tushunib ham yetishmaydi.

Yosh futbolchi shu paytgacha bir necha bor shunday yoqimsiz holatlar qurboniga aylangan. Xususan, o‘tgan yilning oktyabr oyida “Santyago Bernabeu” arenasida “Real” jamoasiga qarshi kechgan bahsda Lamin Yamal bilan birga Rafinya va Ansu Fatiga nisbatan ham irqiy kamsitishlar sodir etilganini tasvirlovchi kadrlar keng tarqalib ketgan edi.

Ispaniyaning irqchilik hamda ksenofobiyaga qarshi kurashish tashkiloti tomonidan mart oyida taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, Lamin va Vinisius Junior joriy yilning so‘nggi choragida mamlakatda eng ko‘p onlayn irqchilik qurboni bo‘lgan futbolchilar qatoridan joy olgan.

Movistar telekanaliga bergan intervyusida futbolchiga irqchilikka uchragan yoki uchramagani haqida savol berildi. Bunga javoban u odamlar ko‘pincha bilvosita irqchilik qilishlari va o‘z gaplarining tagiga yetmasligini qayd etdi. Uning fikricha, birov uni qora tanli deb atasa, bu uning parvosiga ham kelmaydi, chunki u haqiqatan ham qora tanli. Asosiy masala bu so‘zlar qanday niyatda ishlatilishida ekanini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Ispaniya terma jamoasi sharafini ham himoya qiladigan vinger joriy mavsum davomida juda sermahsul harakat qilmoqda. U barcha rasmiy musobaqalar doirasida raqiblar darvozasini 8 marotaba ishg‘ol qilgan va o‘z hisobiga 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin