UzGoal
Sport Yangiliklari

Liverpulda jiddiy yo'qotish ⚽

1 daqiqa 0
Telegram
Liverpulda jiddiy yo'qotish ⚽

Yurgen Klopp Trent Aleksandr-Arnold mushak jarohati sababli Manchester Sitiga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkinligini aytdi.

«Liverpul» klubi Angliya Premyer-ligasining navbatdagi 7-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin oldidan muhim yo‘qotishga uchrashi mumkin. Jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp himoyachi Trent Aleksandr-Arnoldning ushbu markaziy uchrashuvdagi ishtiroki so‘roq ostida ekanini ma’lum qildi.

Kloppning so‘zlariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi mashg‘ulotlar jarayonida mushaklari bilan bog‘liq muammoga duch kelgan va jarohat olgan. Shu sababli u 28 sentyabr kuni Chempionlar ligasining 2-turi doirasida «Portu»ga qarshi kechgan va 5:1 hisobida yakunlangan o‘yinda maydonga tusha olmagandi.

Murabbiy dastlab jarohat unchalik jiddiy ko‘rinmaganini, biroq futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, muammo kutilganidan jiddiyroq ekani ma’lum bo‘lganini tan oldi. Shu boisdan murabbiylar shtabi uni «Manchester Siti»ga qarshi bahsda maydonga tushirish masalasida xavotirda.

Ma’lumot uchun, «Liverpul» hamda «Manchester Siti» o‘rtasidagi prinsipial uchrashuv joriy yilning 3 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan. Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin