UzGoal
Sport Yangiliklari

O‘zbekiston — Eron o'yinini rossiyaliklar boshqaradi ⚽

1 daqiqa 0
Telegram
O‘zbekiston — Eron o'yinini rossiyaliklar boshqaradi ⚽

O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvini rossiyalik hakamlar boshqarishi ma’lum bo‘ldi.

Bugun, 21-sentyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi poytaxtimizda o‘z yig‘inini boshladi. Bosh murabbiy Fabio Kannavaro qo‘l ostidagi futbolchilarimiz yaqinlashib kelayotgan o‘rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Mazkur yig‘in doirasida vakillarimiz 24-sentyabr kuni Farg‘ona shahrida Eron milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ma’lum qilinishicha, ushbu qiziqarli va mas’uliyatli o‘yinni rossiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Hakamlar qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, uchrashuvning bosh hakami etib FIFA hakami Kirill Levnikov tayinlangan. Unga qanotlarda hamyurtlari Dmitriy Ermakov hamda Andrey Vereteshkin yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, Eronga qarshi kechadigan o‘rtoqlik o‘yinidan tashqari, O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlari doirasida yana ikkita uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan. Jumladan, vakillarimiz 1-oktyabr kuni Suriya terma jamoasiga qarshi bahs olib borsa, 6-oktyabr kuni Janubiy Koreya jamoasi bilan kuch sinashadi.

Avvalroq mazkur bo‘lajak o‘yinlar uchun milliy terma jamoaga jalb etilgan futbolchilarning rasmiy ro‘yxati e’lon qilingan edi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin