
Samarqand viloyati transport boshqarmasi shahar jamoat transportini ekologik toza elekttobuslarga o'tkazish rejalarini ma'lum qildi.
0 0
Sobiq futbolchi Vladimir Bistrov ayollar faqat ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida hakamlik qilishi kerakligini aytdi.
Moskvaning "Spartak" va Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoalarining sobiq yarim himoyachisi Vladimir Bistrov ayollar futbol hakamlarining erkaklar o'rtasidagi jahon chempionatlarida ishlashiga nisbatan o'zining tanqidiy munosabatini bildirdi. Uning fikricha, ayol hakamlar faqat ayollar o'rtasidagi mundial uchrashuvlarini boshqarishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Qatarda bo'lib o'tgan erkaklar o'rtasidagi jahon chempionatining guruh bosqichida fransuz harakati Stefani Frappar Germaniya hamda Kosta-Rika terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni boshqarib, erkaklar turnirida o'yin boshqargan tarixdagi ilk ayol hakam sifatida qayd etilgandi.
Biroq Vladimir Bistrov Sport24 nashriga bergan intervyusida bu tajribani sun'iy urinish deb atadi. U ayollar futboli erkaklar futbolidan o'zining tezligi va vaziyatlarni idrok etish xususiyatlari bilan farq qilishini ta'kidladi. Sobiq futbolchining so'zlariga ko'ra, bunday holat tomoshaboplikka putur yetkazadi.
Shuningdek, u ayrim hakamlarning xatolariga ham to'xtalib o'tdi. Xususan, zaxiradagi hakamlar va yon chiziqda ishlaydigan assistentlarning harakatlarida kamchiliklar kuzatilganini, masalan, zaxiradagi hakamlar xatolikka yo'l qo'yib, me'yordan ortiq o'yinchilarni tushirib yuborishi yoki yon chiziqdagi hakam vaziyatga ulgurmay qolishi mumkinligini tanqid ostiga oldi.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi shahar jamoat transportini ekologik toza elekttobuslarga o'tkazish rejalarini ma'lum qildi.
0 0

AQShdan tashqaridagi foydalanuvchilar uchun KIRO 7 News Seattle veb-saytiga kirish cheklangani ma'lum qilindi.
0 0

Serxso Peres Red Bull'dagi kelajagi haqidagi tashqi gap-so'zlarga quloq solmayotganini va faqat o'z ishiga e'tibor qaratayotganini aytdi.
0 0

Maykl Porter Jeyorning fikricha, yangilangan tarkibdagi Los-Anjeles Leykers chempionlik uchun yetarlicha kuchga ega emas.
0 0