UzGoal
Sport Yangiliklari

🚜 Taunsendni mashina bosib ketdi!

1 daqiqa 0
Telegram
🚜 Taunsendni mashina bosib ketdi!

Tailandda oʻynayotgan Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andros Taunsendni mashgʻulot vaqtida maydon tekislovchi mashina bosib ketdi.

Angliya terma jamoasining sobiq aʼzosi Andros Taunsend Tailand chempionatidagi uchrashuvlardan birining oldidan kutilmagan va xavfli vaziyatga duch keldi. Maydonni oʻyin oldidan tayyorlash jarayonida uning ustidan maysani tekislovchi maxsus texnika bosib oʻtdi.

Hozirda Tailandning “Prachuap” klubi sharafini himoya qilayotgan 35 yoshli futbolchi “Pattani” jamoasiga qarshi bahs oldidan mashgʻulot oʻtayotgan edi. Internetda tarqalgan tasvirlarga koʻra, sportchi havoda toʻpga zarba berib yerga tushgan paytida bevosita mashinaning harakat yoʻnalishiga yiqilgan. Haydovchi chalgʻib qolgani oqibatida texnika sportchining oyoq va son qismlarini bosib oʻtgan.

“Tottenhem” hamda “Kristal Pelas” klublarining sobiq vingeri bu toʻqnashuvdan jiddiy shikastlanmasdan qutulib qoldi. U oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida mazkur videolavhani eʼlon qilib, unga kulgi emojilari bilan birga hazilomuz tarzda izoh yozib qoldirdi.

Eng eʼtiborga molik jihati shundaki, ushbu koʻngilsiz vaziyatni boshidan kechirgan futbolchi jamoasi 3:0 hisobida zafar quchgan uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida zaxiradan maydonga ham tushirildi.

Maʼlumot uchun, oʻz vaqtida Angliya milliy jamoasi safida 13 ta uchrashuvda qatnashgan Taunsend joriy yilning avgust oyida Tailandning boshqa bir jamoasi “Kanchanaburi Pauer”dan “Prachuap” safiga koʻchib oʻtgan edi.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin