
Parij klubi posboni Janluiji Buffon "Liverpul"ga qarshi o'yinda o'z darvozasini quruq saqlasa, Chempionlar ligasida 50 ta quruq o'yin o'tkazadi.
0 0

Atlanta Hawks va Charlotte Hornets jamoalari Buddi Xild va Dorian Finni-Сmit ishtirokidagi ehtimoliy transfer ustida muzokara olib bormoqda.
NBA ligasida 2026/27 yilgi mavsum oldidan asosiy transferlar o'z nihoyasiga yetgan bo'lsa-ba, ba'zi klublar hali ham o'z tarkibini shakllantirish va o'zgarishlar qilish ustida bosh qotirmoqda. Ana shunday jamoalardan biri Atlanta Hawks va Sharlott Hornets hisoblanadi. Janubi-Sharqiy divizionining ushbu ikki vakili Buddi Xildni Sharlottaga jo'natish, Dorian Finni-Сmitni esa Atlantaga olib kelish bo'yicha o'zaro muzokaralar olib bormoqda.
Jeyk Fisherning xabariga ko'ra, mazkur transfer bo'yicha suhbatlar yoz davomida vaqti-vaqti bilan davom etgan. Kelishuv loyihasining avvalgi variantlarida Devin Karter ham bo'lishi ko'zda tutilgan edi, biroq Atlanta rahbariyati sobiq draft ishtirokchisi bilan xayrlashib, uni tarkibdan chiqarib yuborishga qaror qildi.
33 yoshli Buddi Xild o'tgan mavsumni "Uorriorz" va "Hoks" safida o'tkazib, 51 ta o'yinda o'rtacha 7.6 ochko jamg'ardi. Shu bilan birga, u o'z faoliyatidagi eng past ko'rsatkichni qayd etib, uch ochkolik masofadan atigi 34.9 foiz aniqlikda to'p kiritdi.
O'z navbatida, tizzasidan operatsiyani boshdan kechirgan 33 yoshli Dorian Finni-Сmit o'tgan mavsumda "Rokets" safida atigi 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U 16.8 daqiqa ichida o'rtacha 3.3 ochko to'pladi, garchi sog'lom bo'lgan vaqtlarida u foydali "three-and-D" o'yinchisi sifatida tanilgan bo'lsa ham.
Mark Steynning ma'lumot berishicha, Finni-Сmitning 2027/28 yilgi mavsum uchun mo'ljallangan 13.3 million dollarlik maoshi kafolatlanmagan bo'lib, bu "Hoks" jamoasini qiziqtirishi mumkin. Chunki Atlanta yoz davomida Xildning 9.7 million dollarlik maoshidan xalos bo'lish yo'llarini qidirib kelayotgan edi. Xildning shartnomasida 2027/28 yilgi mavsum uchun o'yinchi opsiyasi mavjud, biroq uning faqat 3.14 million dollari qisman kafolatlangan.
Manba / Источник: Yangiliklar
0 ta ovoz
Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.
UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Parij klubi posboni Janluiji Buffon "Liverpul"ga qarshi o'yinda o'z darvozasini quruq saqlasa, Chempionlar ligasida 50 ta quruq o'yin o'tkazadi.
0 0

O'zbekistonlik hakamlar Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilgan Osiyo futbol konfederatsiyasining seminarida ishtirok etmoqda.
0 0

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi delegatsiyasi sport infratuzilmasi va tajribasini o‘rganish maqsadida Xitoyga amaliy tashrif buyurdi.
0 0

Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida yer maydonini olib berish evaziga 100 ming dollar olayotgan hokim o'rinbosari qo'lga olindi.
0 0