UzGoal
Sport Yangiliklari

🇺🇿 O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda

1 daqiqa 0
Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi delegatsiyasi sport infratuzilmasi va tajribasini o‘rganish maqsadida Xitoyga amaliy tashrif buyurdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov va qo‘mita raisi o‘rinbosari Azizjon Kamilov boshchiligida amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘lib turibdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.

Safarning ilk manzili sifatida vakillar sport olamidagi yirik loyihalardan biri bo‘lgan "Pekin Milliy konkida uchish markaziga" tashrif buyurishdi. 2022 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlari uchun bunyod etilgan ushbu majmua nafaqat Xitoy, balki jahon sportining durdonalaridan biri sanaladi. Tashrif davomida mahalliy mutaxassislar mamlakatda sport obyektlarini qurish borasidagi so‘nggi yutuqlar haqida batafsil ma'lumot berishdi.

Shundan so‘ng rasmiylar "Toshkent-2025" yoshlar Osiyo o‘yinlari qurilishiga mas'ul bo‘lgan "China CAMC Engineering" kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Tashkilot bosh direktori Li Xaysin bilan bo‘lgan muloqotda Olimpiya shaharchasida olib borilayotgan qurilish ishlari hamda kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Pekinga tashrif doirasida delegatsiya CNSG (China National Sports Group) kompaniyasi ofisida ham bo‘lib, tashkilot rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Mazkur kompaniya o‘yinlarni o‘tkazishda ma'muriy va tashkiliy ishlar bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qildi. Har ikki uchrashuvda hamkorlikning yangi jihatlari ko‘rib chiqilib, kelgusi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

Delegatsiyaning Xitoy bo‘ylab amaliy tashrifi davom etmoqda. Rasmiylar hozirda yaqinda Butunjahon yozgi Universiadasi bahslarini qabul qilgan Chendu shahriga yo‘l olib, u yerdagi sport infratuzilmasi bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin