UzGoal
Sport Yangiliklari

Jizzaxda 100 ming dollar olgan hokim o'rinbosari ushlandi 🚨

1 daqiqa 0
Telegram
Jizzaxda 100 ming dollar olgan hokim o'rinbosari ushlandi 🚨

Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida yer maydonini olib berish evaziga 100 ming dollar olayotgan hokim o'rinbosari qo'lga olindi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida Jizzax viloyatining Yangiobod tumani hokimi o'rinbosari va uning jinoiy sherigi pora bilan ushlandi. Bu haqda maxsus idora matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ma'lum bo'lishicha, hokim o'rinbosari sherigi bilan til biriktirgan holda tadbirkorlik subyektiga shamol elektr stansiyasini barpo etish uchun 200 gektar yer maydonini ajratib berishni va'da qilgan. Buning uchun ular qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer toifasini sanoat zonasiga o'zgartirib, keyinchalik onlayn-auksion orqali tadbirkorga sotishni rejalashtirgan.

Jinoyat rejasini amalga evaziga ular xizmat haqi sifatida jami 200 ming AQSh dollari talab qilgan. O'tkazilgan tezkor tadbir chog'ida hokim o'rinbosarining sherigi kelishilgan pulning yarmigacha bo'lgan qismini, yani 100 ming dollarni kimyoviy ishlov berilgan avans sifatida olayotgan vaqtida qo'lga olingan.

Tezkor tadbir mantiqiy davom ettirilib, maxsus kimyoviy modda surtilgan mazkur pullarni qabul qilib olayotgan vaqtda Yangiobod tumani hokimining o'rinbosari ham ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli moddalar bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin