UzGoal
Sport Yangiliklari

Audi va BP F1 yoqilg‘isidan umidvor 🏎

1 daqiqa 0
Telegram
Audi va BP F1 yoqilg‘isidan umidvor 🏎

Audi va BP kompaniyalari Formula-1 musobaqasi uchun yangi barqaror yoqilg‘i ishlab chiqish va uni yanada takomillashtirish ustida ishlamoqda.

Audi va BP kompaniyalari bo‘lajak Formula-1 mavsumi uchun yaratilayotgan maxsus yoqilg‘idan yanada yuqori natijalar kutmoqda. Tomonlar yangi mavsum oldidan yuzlab namunalarni sinovdan o‘tkazib, muvaffaqiyatli hamkorlikni boshlagan edi.

Ishlar jarayoni Audi'ning yangi quvvat agregati hamda Formula-1 talab qiladigan ilg‘or barqaror yoqilg‘i kombinatsiyasini topishdan boshlangan. Formula1.com nashriga bergan intervyusiga ko‘ra, BP mutaxassislari 70 ta yoqilg‘i komponentini baholab, 400 ta sinov namunasini ishlab chiqqan va dvigatelda 200 ta arashmani sinab ko‘rgan.

BP kompaniyasining motorsport texnologiyalari bo‘yicha rahbari Lyuk Jolining ta’kidlashicha, asosiy vazifa nafaqat eng yuqori quvvatni topish, balki dvigatel mavsum davomida chidamliligini saqlab qolishi uchun yetarli zaxirani ta’minlashdan iborat bo‘lgan. Xalqaro avtomobil federatsiyasi qoidalariga rioya qilgan holda qaysi komponentlar motorga mos kelishini aniqlash muhim edi.

Hozirda Audi muhandislari va poygachilaridan kelayotgan fikr-mulohazalar keyingi bosqichdagi ishlanmalar uchun asos bo‘lmoqda. Mutaxassislarning fikricha, yangi qoidalar doirasida haligacha ochilmagan ulkan imkoniyatlar mavjud.

2027-yilda esa talablar yana o‘zgaradi. FIA yoqilg‘i energiyasi oqimi hamda yonish va elektr quvvati o‘rtasidagi muvozanatga o‘zgartirishlar kiritishni rejalashtirgan. Joli oqimning ortishi yoqilg‘ining dvigatel ichidagi xatti-harakatiga ta’sir ko‘rsatishini kutmoqda.

Shuningdek, ushbu tajriba kelgusida oddiy avtomobillar uchun mo‘ljallangan yoqilg‘ilarni yaratishda ham qo‘l kelishi mumkin, biroq bu uzoq muddatli istiqbol hisoblanadi. Hozirgi asosiy kurash laboratoriya natijalarini ishonchlilikni yo‘qotmagan holda poyga trassasida amalda qo‘llashdan iborat.

Manba / Источник: Yangiliklar

Sizning reaksiyangiz

0 ta ovoz

😮
0%
😊
0%
😢
0%
😠
0%
🥱
0%
😵
0%

Ko‘p so‘raladigan savollar

Bu yangilik rasmiymi?

Tahririyat manba va rasmiy xabarlarni solishtirib chop etadi. Yangilanishlar shu sahifada chiqadi.

Qayerdan kuzatsam bo‘ladi?

UzGoal saytida va Telegram botida qisqa xulosa chiqadi.

Izohlar(0)

Havola yuborish taqiqlangan. Smayliklar mumkin.

  • Birinchi izohni yozing.

Sizga qiziq bo‘lishi mumkin